
Veynaldum “Roma”ga o‘tishi oldidan Saloh bilan maslahatlashgan
Jorjino Veynaldum PSJdan “Roma”ga ijara asosida o‘tdi. Gollandiyalik yarim himoyachi Rimdagi ilk matbuot anjumanida nima sababdan “bo‘rilar” bilan shartnoma imzolagani haqida gapirdi.
“Klub meni sotib olishga harakat qilgani uchun Rimga ko‘chib o‘tishga qaror qildim. Shuningdek, Muhammad Saloh va Kevin Strotman bilan maslahatlashdim. Ular klub va shahar haqida faqat yaxshi gaplarni aytishdi. Qolaversa, Ashraf Hakimi bilan ham gaplashdim. U "Inter"da o‘ynagan bo‘lsa-da, "Roma" buyuk klub ekanini aytdi. Bu gap meni yanada ishontirdi.
Bir paytlar “Liverpul” safida “Roma”ga qarshi o‘ynaganman va stadiondagi muhit ajoyib edi. “Roma”ga kelishimdan maqsad ham fantastik muxlislar qarshisida o‘ynash edi. Lekin meni eng ko‘p ishontirgani Tyago Pintoning gaplari bo‘ldi. U meni bu erda o‘ynashimni istashini va jamoaning haqiqiy etakchisi bo‘limni aytishdi”, — dedi Veynaldum.
Fikrlar