“VI Ellobregat Open Chess – 2025” xalqaro turniri yakunlandi

  • 09.12.2025 14:26
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 28 noyabr – 8 dekabr kunlari Ispaniyaning San-Boy-de-Lobregat (Barselona) shahrida “El Llobregat Open Chess – 2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Turnirning “A” guruhida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 6 nafar a’zosi qatnashdi. Omonova Umida va Karimova Guldona ayollar xalqaro grossmeisteri unvonini, Xalilova Madinabonu esa ayollar xalqaro toifadagi sport ustasi normativini bajardi.

Sportchilarimiz reyting o‘sishi bo‘yicha ham yaxshi natijalarni qayd etishdi. Imomuzieva Nilufarxon +52,8, Xalilova Madinabonu +45,6 va Omonova Umida +39,8 reyting ochkolarini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakuniy natijalar:

– Omonova Umida – 5.5 ochko, 42-o‘rin
– Karimova Guldona – 5.5 ochko, 48-o‘rin
– Xalilova Madinabonu – 4.5 ochko, 73-o‘rin
– Imomuzieva Nilufarxon – 4.5 ochko, 83-o‘rin
– Salimova Asal – 4.5 ochko, 85-o‘rin
– Malikova Marjona – 4 ochko, 100-o‘rin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!