Vidal Braziliyaga ketishi mumkin

  • 16 mart, 2022, 17:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” yarim himoyachisi Arturo Vidal faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 34 yoshli chililik futbolchi Braziliyaning “Flamengo” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolash variantini muhokama qilishmoqda.

Vidalning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Shu sababli u yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Arturo Vidal joriy mavsum “Inter” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!