Vidal ertaga Italiyaga keladi

  • 13 sentabr, 2020, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" xavbeki Arturo Vidal tez orada "Inter" a’zosiga aylanadi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 33 yoshli chililik futbolchi 14 sentyabr kuni “neradzurrilar” bilan shartnomani rasmiylashtirish uchun Italiyaga keladi. Ayrim OAVning yozishicha, Vidal “Inter” bilan 2022 yilgacha shartnoma imzolaydi va yiliga 6 mln evro maosh oladi.

Vidal “Barselona” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 96 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!