Vieyraning iste’fosi yaqin
Italiyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyi Patrik Vieyra iste’foga chiqarilishi mumkin.
"La Gazetta dello Sport" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning mavsumdagi o‘yinlaridan norozi va klub sport direktori hamda bosh murabbiyni almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Frantsiyalik mutaxassisning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. "Jenoa" A Seriyaning 9-turidan so‘ng 3 ochko bilan so‘ngi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Vieyra shogirdlari keyingi turda "Sassuolo"ga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar