Viktor Kumikov durang haqida nima dedi?

  • 2 aprel, 2022, 18:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“G‘ijduvon” – “Andijon” (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

Tecno

- Bilasizmi, oddiy holatda, kutilmaganda to‘p o‘tkazib yubordik. Agar sen vaziyatlardan foydalanmasang g‘alaba qozonib bo‘lmaydi, ya’ni, gol urmasang g‘alabaga erishish qiyin. Bir qancha imkoniyatlarni yaratdik, ammo gol urolmadik. Bungacha kichik bosim va kichikroq zabarlarni amalga oshirayotgandik, qanotlardan. Yana nima deyishga ham hayronman. Legionerlarimiz bu hafta biz bilan mashg‘ulot o‘tkazishmadi. Ular asosan yo‘lda bo‘lishdi. Ammo bu sabab bo‘la olmaydi. Chunki bizda boshqa futbolchilar ham bor edi.

- Nima uchun zaxiradan ikkita o‘yinchini maydonga tushirdingiz?

- Yana kimni tushirishim mumkin edi? Bizga hujumda tezkorlik kerak edi. Qanot himoyachi o‘z vazifasini yaxshi bajarmayotgandi. Noto‘g‘ri, pozitsiya tanlangani uchun ulgurmayotgandi. Ikkita o‘zgarishga qo‘l urdik. Shundan kelib chiqib, boshqalarni almashtirishga hojat yo‘q edi.

- “G‘ijduvon” autsayder. Raqib haqida nima deysiz?

- Ular maydonga chiqishdi va oddiy o‘yin ko‘rsatishdi. Asosiysi, raqibda qandaydir shijoat bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!