Viktor Kumikov: "Shunchaki, oddiy o‘yinchilarni olmaymiz"

  • 25 iyul, 2022, 09:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Qizilqum” (3:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Mazkur nazorat uchrashuvida birinchi navbatda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun barchaga o‘ynash imkoniyatini berdik. Vazifani to‘liq bajardik. G‘alabaga bo‘lgan hissiyotimiz bizga yutuq olib keldi.

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo‘lsam, Superliga jamoasi o‘z oldiga sovrindor bo‘lishni maqsad qilgan. Yaxshi raqib. Ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Faqat biz yuzaga keltirgan imkoniyatlardan foydalandik.

Selektsiya ishlaridagi rejalarimiz xususida gapirsam, agar bizning futbolchilarimizdan yuqori saviyadagi ijrochi bo‘lsa, taklif qilamiz. Shunchaki, oddiy o‘yinchilarni olmaymiz. Hozircha Suhrob Berdiev jamoamiz a’zosiga aylandi”, - dedi Kumikov.

 “Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
25/07/2022 10:02
Тугри оддий у'инчилар керакмас олмаганиз яхши. Истик,лол билан у'инни Бобур аренада тамоша к,илсак яхши бу'ларди