
Viktor Kumikov: "Yutqazganimizga qaramasdan o‘yindan qoniqdim, faqat..."
Avval xabar berganimizdek, “Andijon” Turkiyadagi yig‘ini doirasida bugun Rossiyaning “Torpedo” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushib 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi:
"Bu birinchi o‘yinimiz edi. Biz tog‘li hududdan keyin endi daryo bo‘yidagi hududga bordik. O‘yinni sun’iy emas, toza maydonda o‘tkazdik. Umuman olganda, yomon emas. Yutqazganimga qaramasdan o‘yindan qoniqdim, faqat bir-ikkita vaziyatdan tashqari. Afsuski, golli imkoniyatlardan foydalana olmadik, bu bizning kamchiligimiz bo‘ldi".
“Andijon” navbatdagi o‘yinini 16 fevral kuni Rossiyaning yana bir jamoasi – Volgogradning “Rotor” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar