
Viktor Kumikovga Qozog‘istondan taklif tushdi
“Andijon” klubini Superligaga qaytargan rossiyalik tajribali mutaxassis Viktor Kumikovning xizmatiga qiziqish bildirayotgan jamoalar bor.
Jumladan, qo‘shni Qozog‘iston OAV tarqatayotgan xabarga qaraganda, Kumikovga “Qaysar” klubidan taklif tushgan. Ushbu jamoa joriy yilda Qozog‘iston birinchi divizionida ishtirok etib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kuchlilar safiga yo‘l oldi. Hozirda rossiyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun Viktor Balyutovich 2003 va 2004 yilgi mavsumlarda “Qaysar” jamoasida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. Qolaversa, yana qator qozoq jamoalarini ham boshqarganini yaxshi bilamiz.
Kumikovning “Andijon” bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar