Viktor Valdes "Barselona"dan ketdi

"Barselona" (U-19) klubi bosh murabbiyi Viktor Valdes ishdan bo‘shadi.

Uning o‘rnini Frank Artiga egalladi.

"Barselona"ning sobiq darvozaboni iyulda jamoada ish boshlagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Valdesning ishdan bo‘shashining sababi, u klub akademiyasining bosh direktori Patrik Klyuyvert bilan kelishmovchilikga uchragan. Valdes Otten Cup turnirining 3-o‘rin uchun kechadigan bahsida ishtirok etishni istamagan va UEFA Chempionlar Ligasining dastlabki ikki turida mag‘lubiyatga uchragan.

Bundan tashqari, Valdes "Barsa" (U-19) jamoasi Yoxan Kroyff nomidagi yangi stadionda mashg‘ulotlar o‘tkazishidan norozilik bildirgan. Bunga sabab, ushbu maydonda ayollar jamoasi va o‘rinbosarlar jamoasi o‘yinlarni o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!