Vilya va Inesta yana bitta jamoada to‘p surishlari mumkin

  • 30 noyabr, 2018, 22:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

AQShning "Nyu-York Siti" klubi forvardi David Vilya Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra 36 yoshli ispaniyalik futbolchi kunchiqar yurt vakillari bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoada Vilyaning sobiq jamoadoshi Andres Inesta ham to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Vilya va Inesta o‘z vaqtida “Barselona” klubi hamda Ispaniya terma jamoasida birga to‘p surishgan.

Eslatib o‘tamiz, David Vilyaning "Nyu-York Siti" bilan amaldagi shartnomasi yanvarda o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq unga “Real” Madriddan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!