Vinisius agentlari “Real” bilan kelishuv haqidagi xabarlardan norozi

  • 23.07.2026 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior va uning agentlari Madriddning “Real” klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.

Yaqinda matbuotda braziliyalik futbolchi va “Qirollik klubi” o‘rtasida deyarli kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lum qilishicha, futbolchining atrofidagilar yolg‘on axborot tarqatilayotganidan norozi.

26 yoshli futbolchining vakillari “Real” rahbariyati unga yanada yaxshiroq shartlarni taklif qilmaguncha, klub bilan hech qanday muzokara olib bormaslikka qaror qilgan.

Vinisiusning amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtasida yakunlanadi.

O‘tgan mavsumda qanot hujumchisi Madrid jamoasi safida 53 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!