
Vinisius: Benzema - mening kumirim
"Real" vingeri Vinisius Junior frantsiyalik jamoadoshi Karim Benzema haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
“Benzema – mening kumirim. U bilan bir jamoada o‘ynash men uchun katta sharaf. Men har doim o‘z o‘yinimni qanday yaxshilashim va u menga qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qilamiz.
"Real"ga o‘tganimda, u meni tanimadi, lekin baribir menga yordam berishni boshladi va hozir ham shunday qilishda davom etmoqda. U xotirjam bo‘lishni aytadi va to‘g‘ri qaror qabul qilishimga ko‘maklashadi. "Real" futbolchilari men ularni tinglayotganimni va ular bilan birga o‘rganayotganimni bilishadi”, - dedi braziliyalik fubolchi.
Fikrlar