Vinisius Junior: "Umid qilamanki, Lamin Yamal ham bu kurashni davom ettiradi"

  • 06.04.2026 17:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" vingeri Vinisius Zhunior Chempionlar Ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida rasizmga qarshi kurash haqida fikr bildirdi.

"Bu murakkab masala. Umid qilamanki, Lamin Yamal ham bu kurashni davom ettiradi.

Bizning pulimiz bor, lekin qashshoq qora terili odamlar uchun hamma narsa ancha qiyinroq. Ispaniya, Germaniya yoki Portugaliya rasist mamlakatlar, deb aytmayman, ammo har bir mamlakatda rasistlar bor.

Agar biz birga kurashsak, umid qilamanki, boshqa futbolchilar va oddiy odamlar bu muammolardan azob chekmasliklari mumkin bo‘ladi", – dedi Vinisius.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!