
Vinisius "Oltin to‘p" marosimida mukofotlanishi kutilyapti
Vinisius Junior xayriya uchun mukofot oladi.
"The Athletic" xabariga ko‘ra, "Real Madrid" vingeri insonparvarlik ishlari uchun Sokrat mukofotini oladi. Ushbu voqea bugungi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida sodir bo‘ladi.
Marosimda Vinisius 2022 yil 29 dekabrda vafot etgan Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pelega hurmat bajo keltirishi kutilmoqda.
"Real Madrid" futbolchisi kambag‘al talabalar uchun ta’lim dasturi Vinisius Junior institutining asoschisi hisoblanadi. 2022 yilda Vinisiusning sarmoyasi 335 ming evroni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda u 1 million evrodan oshdi, 2024-yilda esa 2,5 millionga etishi kutilyapti.
2022 yilda Sokrat mukofoti Sadio Manega berilgandi.
Fikrlar