Vinisius “Real”ga muammo qilyapti. Oqibati yomon bo‘lishi mumkin...

  • 8 mart, 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Vinisius Junior munosabatlarida ziddiyat kelib chiqishi ehtimoli oshib bormoqda. Bu braziliyalik yulduzning talablari oshib borayotgani bilan bog‘liq.

Vinisius o‘zini yaxshilangan shartnomaga loyiq, deb hisoblamoqda va imkon qadar ko‘proq pul ishlab olmoqchi.

“Real” rahbariyati uning talabi bilan klubning maoshlar bo‘yicha siyosatini buzmoqchi emas. Ular hujumchi o‘undoq ham jamoaning boshqa etakchilaridan kam bo‘lmagan maosh olayotganini ta’kidlamoqda. Aynan talab va taklifning bir biriga to‘g‘ri kelmayotgani o‘zaro hamkorlikni 2029 yilning yarmigacha uzaytirishga to‘sqinlik qilyapti.

Vinisius Juniorda yana bir g‘alati reja bor. Saudiya Arabistoni klublari katta va’dalar bilan uni o‘ylantirib qo‘ygan. 24 yoshli futbolchi orada ikki mavsum Saudiya Professional ligasida o‘ynab kelmoqchi. Buning uchun “Real” uni yana ortga qaytarib olishini kafolatlashi talab etilmoqda.

Bu vaziyatda ko‘p narsa “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresning qaroriga bog‘liq. Biroq u ham bir futbolchi talabi bilan klubdagi barqarorlik va sog‘lom muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!