Vinisiusga qo‘pollik ishlatib qizil kartochka olgan Nom nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi?
"Xetafe" himoyachisi Allan Nom La Liganing 9-turida "Real"ga qarshi kechgan uchrashuvda (0:1) Vinisius Juniorga nisbatan qo‘pol harakat qilgani sababli ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
77-daqiqada, zaxiradan maydonga tushganidan atigi 44 soniya o‘tgach, Nom qanotda Vinisius bilan to‘qnashdi va qo‘lini ko‘targan holda "Real" vingerining yuziga urib yubordi. Braziliyalik futbolchi darhol erga yiqildi. Haqam Xose Munuera Montero vaziyatni qayta ko‘rmasdanoq kamerunlik himoyachini maydondan chetlatdi.
"Xetafe" uchrashuvni sakkiz kishi bilan yakunladi — 84-daqiqada Aleks Sankris ham Vinisiusga orqadan to‘psiz zarba bergani uchun ikkinchi sariq kartochka oldi.
Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) Nomni to‘pga etib bora olmaydigan vaziyatdagi tajovuzkor xatti-harakati uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Shu tariqa, Allan Nom "Atletik" va "Jirona"ga qarshi bellashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.



Fikrlar