
Vinisiusning dushmani “Real”ga o‘tishga tayyorligini bildirdi
Ispaniyaning “Malorka” klubi o‘ng qanot himoyachisi Pablo Maffeo “Real” hujumchisi Vinisius junior bilan ochiqdan ochiq dushmanchiligi bilan tanilgan.
Bundan tashqari, argentinalik futbolchi “Qirollik klubi”ning bir necha o‘yinchilari bilan ziddiyatga borgan. Shunga qaramay, Maffeo agar taklif bo‘lsa, Madrid superklubiga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirdi.
- Albatta, taklif bo‘lsa, o‘taman. Futbolchilar uchun rad etib bo‘lmas klublar bo‘ladi. “Real” ana shunday jamoalardan biri, - dedi Pablo Maffeo.
28 yoshli Maffeo “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Shaharliklar” asosiy tarkibidan muqim joy ola bilmagan himoyachi faoliyati davomida “Jirona”, “Shtutgart”, “Ueska” jamoalarida o‘ynagan.
“Malorka” tajribali himoyachini 2022 yilning yozida “Shtutgart”dan 3 million evroga sotib olgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Fikrlar