Virjil Ortis "Krouford – Madrimov" jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi

  • 25.07.2024 12:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi o‘rta vazn toifasidagi bokschi Virjil Ortis Terens Krouford WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Isroil Madrimovni mag‘lub etishiga ishonmoqda.

 "Madrimovni tanqid qilmayapman. Menimcha, u yaxshi va aqlli jangchi. Shunchaki Krouford haqiqiy yirtqich. Mendan boshqa hech kim uni birinchi o‘rta vaznda mag‘lub eta olmaydi, deb o‘ylayman. Isroil ham uni engolmaydi”, — dedi Ortic Fight Hub TV kanaliga bergan intervyusida.

 Eslatib o‘tamiz, Krouford(40-0, 31 KO) va Madrimov(10-0-1 N/C, 7  KO) o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
25/07/2024 15:28
Исроил чолни енгади