
Virts “Liverpul”ga yangilik olib kirmoqchi
Germaniyaning “Bayer” klubida Angliya Premer-ligasining amaldagi g‘olibi “Liverpul” safiga ko‘chib o‘tgan Florian Virts yangi jamoasiga qanday sifatlarni olib kirishi haqidagi savolga aniq javob berdi.
- Odamlar meni kreativ o‘yinchi ekanimni ko‘p gapirishadi. Men yangi jamoamga ana shu kreativlikni va maydonda xursandchilikni olib kirishga umid qilaman.
Men asosiy e’tiborimni golli pas uzatish, to‘p kiritish va butun jamoa bilan himoyaga yordam berishga qarataman. “Liverpul”ni yanada kuchli jamoaga aylanishiga hissa qo‘shishdan umidvorman, - dedi 22 yoshli pleymeyker.
Florian Virts yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi.
Liverpulliklar Virtsni olish uchun leverkuzenliklarga 125 million evro to‘ladi va bu Angliya Premer-ligasining eng qimmatbaho kirish transferi sifatida qayd etildi.
Fikrlar