
Vitaliy Levchenko: "Apellyatsiya bersak qanday o‘zgarish bo‘ladi? O‘yinni boshqa o‘tkazib beradimi?
“Bunyodkor” – “Neftchi” (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko savollarga javob qaytardi.
- O‘yin haqida qo‘p ham gapirmoqchi emasman. Maydonda bir qator tushunarsiz qarorlar ro‘y berdi. Qanday qilib bunday qaror qabul qilishmoqda? Men tushunib turibman, lekin sizlarga aytmoqchi emasman. Futbolni biladiganlar ko‘rib, tushunib turibsizlar, boshqa fikrim yo‘q.
- Maydonda ro‘y bergan holatlar uchun rahbariyat apellyatsiya berishni rejalashtiryaptimi?
- Apellyatsiya bersak, qanday o‘zgarish bo‘ladi? Uch ochkoni qaytarib beradimi yoki o‘yinni boshqa o‘tkazib beradimi? Odamlar ko‘rmi, VAR ko‘rmi, hakam ko‘rmi yoki qanot hakami ko‘rmi? Aytyapman-ku, hamma futbolni ko‘rib, tushunib turibdi. Men buni ancha oldin tushunib bo‘ldim. Lekin gapirishni xohlamayman.
- “Neftchi” jamoasi bu mavsumda Superligada bir qator uchrashuvlarda hakamlarning qarorlaridan jabr ko‘rdi. Misol uchun “Andijon” bilan uchrashuvda “Neftchi”ning goli hisobga olinmadi. Jamoa hakamlardan aziyat chekyaptimi?
- Gaplarim hech nimani o‘zgartirmaydi. Bu vaziyatlarni muhokama qiladigan tashkilot bor. Qaror chiqaradigan odamlar bor. Bu hozir boshlangani yo‘q, ancha oldin boshlangan. “Buxoro” bilan o‘yinda bo‘lgan penaltidagi vaziyat, OKMK bilan bo‘lgan bahsda qizil kartochka bekor qilingan, farqi bormi? Sakrayapti, ikki oyog‘ida zarba bilan, to‘p boshqa joyda. Savollar qo‘p, hammasiga javob bermoqchimasman. Kimlardir tushunib turibdi.
- “Neftchi” bu mag‘lubiyatdan so‘ng endi chempionlik poygasidan chiqib ketdimi?
- “Neftchi”ni chempionlik poygasidan chiqarib tashlashdi. Folni siz ko‘rdingizmi, o‘yinchiga qo‘pol o‘ynayotganini. OKMK bilan o‘yindagi folni, u erda qo‘pol o‘ynayaptimi? Tortishuvli-a? To‘g‘ri oyoqqa sakramoqda, qon oqmoqda, qizil kartochka bormidi? Hozir ko‘ryapman, to‘p o‘yinchini qo‘liga tegyapti, hatto VAR ko‘rishni xohlamadi. Qo‘l tabiiy holatda deyishmoqda. Qanday qilib, ko‘rinib turibdiyu, men bilaman kim bunday qilayotganini. Shunchaki, sizlarga aytmoqchimasman. “Neftchi”ni to‘xtatish kerakmi yoki nima kerak?
Fikrlar
) олтин бахона"бўп қолади.
аввал Нефтчида мураббий бу'либ ишлаган мендан кегин х,еч бир жамоа Нефтчини менинг давримдаги юк,ори у'ринларга олиб чик,олмайди деган у албатда х,акамларга у'з су'зини у'тказа олади