Vitaliy Levchenko: "Haqiqat shuki, tablodagi hisob o‘yinga mos bo‘ldi"

  • 10 mart, 20:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Neftchi” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

"Mavsumning birinchi o‘yini edi, tabiiyki dastlabki daqiqalarda maydonda biroz hayajon va sarosima kuzatildi. O‘tkazib yuborilgan goldan keyin o‘zimizga keldik va hisobda oldinga chiqib oldik. Ammo ustunlikni raqibga topshirib qo‘ydik. Natijada maydon egalari hisobni tenglashtirdi. Futbolchi g‘alaba qozonayotganida albatta natija uchun harakat qiladi, bu ruhiyat bilan bog‘liq. Hisobda oldinda bo‘lgan vaziyatimizda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishda davom etishimiz kerak edi. Haqiqat shuki, tablodagi hisob o‘yinga mos bo‘ldi. 
  
Mavsum avvalida “Bunyodkor” tarkibiga yaxshi saviyadagi futbolchilar qo‘shilganini aytishimiz mumkin. Bugungi o‘yin stadionga tashrif buyurgan muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!