Vitaliy Levchenko: "Muxlislar jamoaga kuch bera olishdi"

  • 13 may, 2024, 02:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” – “Andijon” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko qatnashdi.

Tecno

- Bugun haqiqiy derbi bo‘ldi. Biz O‘zbekistondamiz, ammo go‘yoki Italiya, Frantsiyada bo‘lgandek tuyuldi, menga. Muxlislar shunday atmosfera yaratishdiki, albatta sen bunday o‘yinda harakat qilishing kerak. Bizga juda qiyin bo‘ldi. Chunki 2:0 hisobida yutqazayotgandik. Yigitlarga juda kuchli xohishi uchun ularga alohida rahmat. Muxlislar jamoaga kuch bera olishdi. Ular qo‘llaridan kelganicha kurashishdi. Andijondan kelgan muxlislar  va “Neftchi”ning muxlislar haqiqiy derbiga xos uchrashuvni ko‘rdilar.

- Ikkinchi bo‘lim oxirida tezkor o‘yin ko‘rdik. Bu taktika bilan bog‘liqmi?

- Siz e’tibor qaratdingizmi, “Andijon” himoyachilari bo‘ydor edilar. Birinchi taymda havoda ham, pastda ham kurashlar kechdi. Raqibning ayrim futbolchilari charchab qolishgani sababli tezkor o‘yinchilarni maydonga tushirdik. Bir qator vaziyatlarda pressing qildik. Ikkita to‘p farqi bilan yutqazayotib vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira oldik.

- Manuchexr Safarovning o‘yinidan qoniqyapsizmi?

- Kim terma jamoada bo‘lgan bo‘lsa, albatta ularda “nagruzka” bo‘ladi. Jaloliddinov, Safarovda ham ko‘rdik. Jamoa muhitiga qo‘shilib olish uchun ozgina vaqt kerak. Manuchexr ko‘ngildagidek o‘ynadi, deb o‘ylayman. U raqibga bosim o‘tkazishda ham faol bo‘ldi. Unga alohida e’tirozim yo‘q.

- Hujumda “Neftchi”ga nima etishmadi?

- Kreativlik etishmadi. Birinchi taymda yaxshi vaziyat bo‘lgandi, bundan foydalana olmadik. Menimcha, bunday imkoniyatlardan gol urish kerak xolos.

- Nima deb o‘ylaysiz, jamoaga Norchaev etishmadimi?

- Albatta. Unga sog‘lik tilaymiz, biroz jarohati bor edi. Tezroq sog‘ayib safga qaytishini istaymiz. Oldinda Olimpiada o‘yinlari bor. Yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish kerak.

- “Navbahor” bilan uchrashuvgacha tayyor bo‘ladimi?

- Nazarimda yo‘q. Unga biroz vaqt kerak.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!