
Vitaliy Levchenko: "Natija adolatli"
Superliganing 21-turida "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin ikki jamoa uchun ham keskin o‘tdi. Natija adolatli. Hisob maydondagi o‘yindan kelib chiqdi.
- O‘tkazib yuborilgan gol haqida?!
- Takrorlashdan charchadim. To‘pni qancha vaqt ushlab turganingiz va qancha pas berganingiz muhim emas. Taym so‘nggida, biz hisobda oldinda borayotgan edik. "Navbahor"ni "Dinamo"ga qarshi o‘yinini eslang, jamoa qancha hujum qildi? Natija 1:0 bo‘ldi xolos. Vaholanki, buncha imkoniyatdan so‘ng kamida 3:0 yoki 4:0 bo‘lishi kerak edi. Italiyadagi futbolni tomosha qilasizmi? U erda bitta hujum, gol va o‘yin tugaydi. Jamoaning qanday o‘ynayotganini aytib berish uchun boshqa odam toping. Derbi doim keskin o‘tgan. Bu erda sovuq miya bilan hal qilish kerak. Kim o‘z hislarini nazorat qilsa, o‘sha tomon g‘alaba qozonadi.
Fikrlar