Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning g‘alabasidan so‘ng qanday fikr bildirdi?
“Neftchi” klubi kecha o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonning “Jetisu” jamoasi bilan bellashdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin “Neftchi” ustozi Vitaliy Levchenko uchrashuv to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yinimiz yaxshi o‘tdi, jangovar jamoaga qarshi to‘p surdik. Biz chizgan chiziqlarimiz asosida o‘yin o‘tkazdik va buni amalga oshirdik.
Lekin 1-taymda o‘zimiz xohlamagan holatda to‘p o‘tkazib yubordik. Tarkibda o‘zgarishlar qildik. Natijada almashtirilgan o‘yinchilar yaxshi harakat qilishib, o‘yinni o‘zgartirishdi. Natijada g‘alabaga erishdik. Yigitlarga rahmat”, - deydi Levchenko.



Fikrlar