Vitor Roke Messining raqamini tanlashi mumkin

  • 27 dekabr, 2023, 23:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Barselona"ga etib kelgan Vitor Rokening hali jamoada nechanchi raqamda harakat qilishi aniq emas. Ispaniyaning bir qator nashrlari uni qaysi raqamni tanlashini taxmin qilib chiqdi. 

Ayni paytda "Barselona"da bo‘sh raqamlar: 10, 12, 15, 16, 19, 24... Braziliyalik hujumchi katta ehtimol bilan 19ni olishi kutilmoqda, deya xabar berdi "Sport" nashri. 

Ma’lumot uchun, ushbu raqamda klubning afsonaviy futbolchisi Lionel Messi o‘ynagan va shundan keyin 10-raqamni olishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!