Vitsel “Yuventus”dan uzr so‘radi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel Xitoy jamoasiga o‘tishga qaror qilganidan so‘ng, Turinning “Yuventus” klubidan uzur so‘radi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Italiya nashrining ma’lum qilishicha belgiyalik futbolchi Turin klubiga nisbatan quyidagi so‘zlarni aytgan: “Afsusdaman, biroq, bunday taklifni rad etib bo‘lmasdi”.

Bundan tashqari, bu taklif “Zenit” uchun “Yuventus”nikidan ancha foydalirok hisoblanar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vitsel Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!