Vladimir Klichko:"Hech qachon u kabi kuchli zarbaga ega jangchini uchratmagandim"

  • 11 iyun, 2024, 12:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Afsonaviy ukrainalik bokschi, superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko o‘zi bilan ringga chiqqan eng kuchli zarbaga ega bokschini aytdi. 

Tecno

 "U tezkor va juda og‘ir zarbalar berardi. Men 25 yildan beri boks bilan shug‘ullansam-da, hech qachon Korri Sanders kabi kuchli zarbaga ega jangchini uchratmagandim", - deb Klichkodan iqtibos keltiradi DAZN.

Eslatib o‘tamiz, 2003 yilning mart oyida Sanders(42-4, 31 KO) Vladimir(64-5, 53 KO)ni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bir yil o‘tgach, Vitaliy Klichko(45-2, 41 KO) ukasi uchun qasos oldi. Shundan 8 yil o‘tib, afsonaviy janubiy afrikalik Korri Sanders fojiali tarzda vafot etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!