
Vlaxovichga Angliyaning top klubi qiziqish bildirmoqda
"Arsenal" Dushan Vlaxovich uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda "Caughtoffside" nashri.
Manbaga ko‘ra, londonliklar hozirgi kunda hujum chizig‘idagi ko‘plab futbolchilar jarohat olib, safdan chiqqani sababli, yozda bir necha forvardlar bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. So‘nggi kunda "Yuventus" hujumchisi Vla[ovich "to‘pchilar" uchun eng asosiy variant sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, turinliklar hozircha serbiyalik hujumchini sotish borasida aniq qarorga kelmagan. Biroq, "kanonirlar" jiddiy qiziqish bildirmoqda, shu bois, tez orada muzokaralar boshlanishi mumkin.
Bundan tashqari, London klubi Osimxen va Dyokeresh kabi futbolchilarni ham jamoaga olib kelish haqida o‘ylamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvard bu mavsum 34 bellashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar