"Volfsburg" 29 yildan keyin Bundesligani tark etdi

  • 26.05.2026 02:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Volfsburg" Germaniya ikkinchi divizioniga tushib ketdi.

Diter Hekking shogirdlari Bundesligada qolish uchun o‘tkazilgan javob o‘yinida mehmonda "Paderborn"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi.

Mehmonlar hujumchisi Jenan Peychinovich 3-daqiqada hisobni ochdi. Biroq “Paderborn” Filip Bilbiya va Laurin Kurda gollari evaziga kambek amalga oshirdi.

“Bo‘rilar” 14-daqiqadan boshlab bir kishi kam bo‘lib harakat qildi — Yoakim Mele ikki sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shu tariqa, “Volfsburg” 1996/97 yildgi mavsumdan beri ilk bor Germaniya ikkinchi divizionida ishtirok etadigan bo‘ldi. Klub 1997 yilda tarixida birinchi marta elitaga chiqqan va shu kungacha Bundesligani tark etmagan edi.

“Volfsburg” 2008/09 yildgi mavsumda Germaniya chempioni bo‘lgan, 2015 yilda esa mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

“Paderborn” esa olti yillik tanaffusdan keyin yana Bundesligaga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!