"Volfsburg" "Shalke" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)
Germaniya Bundesligasining 25-turida “Volfsburg” o‘z maydonida “Shalke”ni qabul qildi.
“Volkswagen Arena”da kechgan bellashuv mezbonlarning mutlaq ustunligida o‘tdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. “Volfsburg” shu kuni Shkodran Mustafi (32' avtogol), Vaut Vegorst (51'), Bote Baku (58'), Yosip Brekalo (64') va Maksimilian Filipp (79') tomonidan kiritilgan gollar evaziga 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar