
VXL. "Humo" bugun "Sokol"ni qabul qiladi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahri sharafini himoya qiladigan "Sokol" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, "Sokol" ikkinchi konferentsiyadagi 16 klub orasida 13-o‘rinni egallab turibdi. Krasnoyarskliklar hisobida 10 ochko mavjud.
Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" hisobida esa 9 ochko mavjud va toshkentliklar o‘z konferentsiyasida 13-pog‘onani egallab turibdi.
Bo‘lajak bellashuv "Humo-Arena" muz saroyida soat 19:30 da start oladi.
Fikrlar