VXL. "Humo" ishtirokidagi o‘yinning boshlanish vaqti o‘zgardi
Neftekamskning "Toros" jamoasi va Toshkentning "Humo" klubi bilan kelishgan holatda "Oliy Xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogi"ning reglamenti 45-moddasiga asosan mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinning boshlanish vaqti o‘zgardi.
Unga ko‘ra, 29 dekabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Toros" - "Humo" uchrashuvi avval belgilangani singari mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da emas, balki 13:00 da boshlanishi rasman ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar