VXL. "Humo" "Tambov"ni ham mag‘lub etib 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida "Tambov"ni qabul qildi va 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Evgeniy Grigorenko, Artyom Voroshilo hamda Pavel Novojilovlar tomonidan kiritilgan shaybalarga mehmonlar safida Vladislav Dyukaraev va Ivan Kuznetsovlar javob qaytarishdi xolos.
Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan holda turnir jadvalida 6-o‘ringa (19 ochko) ko‘tarilib olishdi. Jamoa o‘zining navbatdagi bahsni 29 oktyabr kuni Moskvada "Zvezda"ga qarshi o‘tkazadi.
Shaybalar: 2:44 - (0:1) Vladislav Dyukarev (Andrey Voronkov, Ilya Nazarevich)
11:41 - (1:1) Evgeniy Grigorenko (Ivan Yatsenko, Arseniy Eroxin)
30:52 - (2:1) Artyom Voroshilo (Aleksey Pepelyaev, Mixail Anisin, GB)
36:03 - (2:2) Ivan Kuznetsov (Timur Shingareev, Aleksey Baskov)
36:42 - (3:2) Pavel Novojilov (Platon Popov)

Fikrlar