WBC Menni Pakyao uchun chempionlik jangini tashkil qilmoqchi

  • 6 iyul, 2024, 13:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC prezidenti Maurisio Sulaymon afsonaviy Menni Pakyao uchun chempionlik jangini tashkil etishga tayyorligini aytdi.

Tecno

 "Pakyao haqiqiy afsona. Bizda sobiq chempionlar barcha tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tish sharti bilan qaytishlari mumkin, degan qoidalar bor. Menga bu g‘oya juda yoqadi. Shunday ekan, Pakyaoda WBC chempionligi uchun kurashish imkoniyati bor. Menimcha, Menni istalgan raqibni mag‘lub eta oladi yoki hech bo‘lmaganda, ajoyib raqobat qilib bera oladi", - deya Suleymandan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, Pakyao so‘ngi jangini 2021 yil Yordenis Urgasga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!