"World Boxing" tashkiloti kubogi. Yana 3 nafar bokschimiz finalda!

  • 20.06.2026 20:10
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyda o‘tkazilgan Jahon kubogi davom etmoqda. Kunning 2-dastur janglarida 5 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarildi.  

-50 kg vaznda Asilbek Jalilov iordaniyalik Xutxaifa Eshish raqiblik qildi. Bahsni Jalilov yuqori saviyada o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Nigina O‘ktamova -57 kg vaznda toifasida xitoylik Ziyi Chenni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi.

-75 kg vazndagi yarim final bahsida, Aziza Zokirova yana bir xitoylik Ziyi Baoga qarshi bahs olib bordi va afsuski, hakamlarning qarorlariga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 0:5. Bizda navbatdagi bronza medali!

-80 kg vanzda Javohir Ummataliyev ozarbayjonlik Murad Allohverdievni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Arman Mahanov +90 kg vaznda germaniyalik Nikita Putilovga qarshi bahs olib bordi. 3 raund yakunlariga ko‘ra Arman, afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!