
WTT Singapore Smash. Fan Zendong Olimpiadadagi mag‘lubiyat uchun Ma Longdan revansh oldi
Singapurda "WTT Singapore Smash" musobaqasining final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi bahsda Xitoy vakillari Fan Zendong va Ma Long to‘qnash keldi. Qiziqarli va ajoyib kechgan bahsda Fan raqibini 4:3 hisobida mag‘lub etdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, stol tennisi ustasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi mag‘lubiyati uchun revansh olishga erishdi. O‘shanda Ma Long hamyurtidan 4:2 hisobida ustun kelgandi.
Fikrlar