Xabi Alonso "Chelsi" futbolchilarini "so‘taklar", deb tanbeh berdi
Murabbiy shogirdlarining oʻyinidan qoniqmadi. «Chelsi» Angliya premer-ligasining 4-turida «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushib, durang qayd etdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Jurnalist Mett Lou tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, oʻyin tugagach, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa harakatidan qattiq norozi boʻlgan.
U kiyinish xonasida London klubi futbolchilarini «sʻotaklar» deb atagan, chunki jamoa ketma-ket 20 ta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qololmayapti.
Joriy mavsumda «Chelsi» APL doirasida 4 ta oʻyinda 9 ta gol oʻtkazib yubordi. Hozircha «siniye» 7 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 4- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar