Xabi Alonso: "Mbappe juda yaxshi formada, ammo lider bo‘lishi shart emas"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
Frantsiyalik hujumchi joriy mavsum La Ligada 3 o‘yinda 3 ta gol urdi. Shuningdek, milliy jamoasi safida ham ikki bor gol muallifi bo‘ldi.
– Vinisius, Mbappe va Rodrigo birga o‘ynay oladimi?
"Albatta, ular buni bir necha marta qilgan. Hozircha buni qo‘llamaganimiz muammo emas. Faqatgina uchta o‘yin orqali xulosa qilish kerak emas".
– Mbappe jamoa lideriga aylanyaptimi?
"Kilian hozir juda yaxshi formada, ham o‘yini, ham ruhiy jihatdan. U klubdagi ikkinchi mavsumiga katta zavq bilan kirishdi, rolini his qila boshladi. Lekin lider bo‘lishi shart emas", – dedi Alonso.
Fikrlar