Xabi Alonso qariyalarni yordamga chaqiryapti
«Chelsi» uchun kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi. Londonliklar yaqin kunlarda 36 yoshli yarim himoyachi Jordan Henderson bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Bu haqida futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, Henderson amalda erkin agentga aylanish arafasida – u o‘tgan mavsumda o‘ynagan «Brentford» klubini bepul tark etishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham «Chelsi» safiga o‘tishga katta qiziqish bildirgani ta’kidlanmoqda.
Henderson 2025 yilda «Ayaks» tarkibidan «Brentford»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u klub uchun 34 o‘yinda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar