
Xabi Alonso: “Ryudigerga nisbatan irqchilik — mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat”
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Real" – "Pachuka" (3:1) uchrashuvida Antonio Ryudiger irqchilik tajovuziga uchragani xabar qilindi. Ushbu voqea ikkinchi bo‘lim oxirida, Gustavo Kabral bilan torttishuv paytida yuz berdi.
Bu holatga jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso quyidagicha munosabat bildirdi:
"FIFAning maxsus protokoli ishga tushirildi. Biz voqea yuzasidan to‘liq surishtiruv olib boramiz.
Antonio Ryudiger irqchilik haqida ma’lum qildi — biz unga ishonamiz. Bunday holatlarga nisbatan murosa bo‘lishi mumkin emas, bu kabi ishlar sodir bo‘lmasligi kerak. Hozirda FIFA rasmiy tergovni boshladi" - deya ma’lum qildi "qirollik klubi"ning yangi mutaxassisi.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" Jahon chempionatining 3-turida "Zaltsburg"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuv esa 27 iyun kuni 06:00da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar