Xabi Alonso: "Valverde – jamoamizning yuragi va harakat motoridir"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Federiko Valverdening o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Hammamiz uning qay darajada ko‘p qirrali va yuqori saviyada ekanini ko‘rmoqdamiz. To‘p bilan o‘ynaganda u haqiqiy yarim himoyachi ruhiyatiga ega, hujumda esa juda kuchli. U o‘ynay boshlaganidan buyon darajasini faqat oshirib boryapti", — dedi Alonso klub matbuot xizmati orqali.
27 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda "Real" safida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Xabi Alonso shogirdlari hozircha La Liganing peshqadamidir — "Real" 11 turdan so‘ng 30 ochko jamg‘argan.
Fikrlar