Xabi Alonsoning "Real Madrid"i 2021 yildagi natijani takrorladi
Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real Madrid" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida "Qayrat"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Madridliklar bu natijani musobaqada oxirgi bor 2021 yil oktyabrida qayd etgandi. O‘shanda "Shaxtyor" ham xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratilgan edi.
Shuningdek, "Real"ning Chempionlar ligasi safarda qayd etgan eng yirik g‘alabasi 2017 yilda ro‘y bergan – o‘shanda jamoa "APOEL"ni 6:0 hisobida mag‘lub enggan.
Fikrlar