
Xabib Nurmagomedov: “Biz bir jamoamiz”
UFC shon-shuhrat zaliga a’zosi Xabib Nurmagomedov o‘z ijtimoiy tarmog‘ida jamoasi haqida yozib, ularning birdamligi va kuchini alohida ta’kidladi.
“Bizni yoqtirmasliklari ham, bizga qoyil qolishlari ham mumkin — bizga baribir. Biz bir jamoamiz. Bolaligimizdan birga shug‘ullanib, hanuzgacha elkama-elka turibmiz” — deb yozdi rossiyalik o‘z sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Xabibning jamoasi uning yaqin do‘stlari va shogirdlaridan iborat. Ular orasida UFC sobiq chempioni Islom Maxachev, shuningdek, Dog‘istonda bolalikdan birga mashg‘ulot olib boradigan murabbiylar va jangchilar ham bor.
Fikrlar