Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi qoldiriladimi?
UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov koronavirus epidemiyasi tufayli Toni Fergyusonga qarshi jangning bekor qilinishi mumkinligi haqidagi yangiliklarga izoh berdi.
“Zal tashqarisida nima bo‘layotganini bilmayman, menda hamma kabi bir xil ma’lumotlar bor.
Men zaldaman va tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Bundan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi”,-dedi Xabib.
UFC prezidenti Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, promoushen hech qanday musobaqani bekor qilmaydi.
Fikrlar