
Xadson-Odoi uchun kurashga "Manchester Yunayted" ham qo‘shildi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi yana bir grand klubning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi uchun “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund va “Liverpul” kabi jamoalardan tashqari shuningdek “Manchester Yunayted” klubi ham kurashga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” qishki transferlar davrida “Bavariya”ning Xadson-Odoi bo‘yicha yuborgan 35 mln evrolik taklifini rad etishgan edi.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar