Xalil Rauntri:"Ikki yoshimda otamni o‘ldirishgan"

  • 2 oktabr, 2024, 13:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim og‘ir vazndagi UFC jangchisi Xalil Rauntri otasi Ser Xalil Rauntri vafotini haqida gapirib berdi.

 “Ikki yoshimda otamni o‘ldirishdi. U "Boyz II Men, New Edition" (Amerika musiqiy guruhlaridan biri)ning boshlig‘i edi. Otam bir paytlar Muhammad Alining shaxsiy qo‘riqchisi ham bo‘lgan. Uning dafn marosimiga yuzlab, balki minglab odamlar kelganini eslayman. Dafn kuni buncha odamni ko‘rib, hayron qolganman, rosti. Lekin o‘shandan so‘ng men uchun haqiqiy qiyinchiliklar boshlandi, chunki menga hammasi yaxshi bo‘ladi, deb aytadigan odamim endi yo‘q edi. Natijada o‘zimni o‘lim yoqasigacha olib bordim. Har kuni ikki quti sigaret chekardim. Spirtli ichimliklar va antidepressantlar iste’mol qilardim. Noto‘g‘ri hayot tarzi sabab ortiqcha vazn yiqqanim yodimda. Bir kuni kechki payt uxlamoqchi bo‘ldim, lekin bajarmasligim kerak bo‘lgan ishlarni qilayotganimni o‘ylab, qattiq tushkunlikka tushib qoldim. O‘shanda menga shunday fikr keldi: "Bu mening oxirgi kecham, barchasi bu tunda tugaydi. Ertadan yangi hayot boshlayman", dedim o‘zimga. Shundan keyin fitnes va salomatlikka qiziqishim yanada kuchaydi. Aralash yakkakurashlar esa men uchun ideal sport turiga aylandi", — deya Xalilning so‘zlarini keltiradi "Bloody Elbow" portali.

Eslatib o‘tamiz, Xalil Rauntri (13-5-1 N/C) keyingi jangini "UFC 307" turnirida amaldagi chempion Aleks Pereyra(11-2)ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!