
Xalokov termamizga to‘rtinchi oltin medalni olib berdi! (Fotogalereya)
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkazilyapti.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov kubalik Xorta Rodrigezga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang yakuniy 5:0 hisobida bokschimiz foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Abdumalik Xalokov O‘zbekiston terma jamoasiga to‘rtinchi oltin medalni olib keldi. Shuningdek, hamyurtimiz 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi. Ushbu jarayondan qaynoq fotosuratlarni tomosha qiling!


















Fikrlar