Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti sportchilarga murojaat qildi

  • 25 mart, 2020, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining bir yilga kechiktirilishi borasida butun dunyo sportchilariga o‘z murojaatini yo‘lladi.
 
“Qadrli atletlar! Avvalo, xushxabarni etkazmoqchiman. Tokioda o‘tadigan Olimpiya bayramini birgalikda nishonlaydigan bo‘ldik. Hatto u 2021 yil o‘tsa ham. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, Sizlarning Olimpiya orzuyingiz, albatta, amalga oshadi”, – dedi Tomas Bax o‘z murojaatida.
 
Eslatib o‘tamiz, kecha Tomas Bax Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan o‘tkazgan muloqotida Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarini 2021 yilga ko‘chirish borasida kelishib olgan edi.
 
Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!