Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti ishtirokida kengaytirilgan konferentsiya o‘tkazildi

  • 30 sentabr, 2021, 22:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsonsning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Tecno

Bugun poytaxtimizdagi “HILTON” mehmonxonasida tashrif dasturi doirasida Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari,  O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda  O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muhtorxon Tashxodjaev ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda tomonlar mamlakatimizda paralimpiya harakatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha nufuzli musobaqalarni tashkil etish yuzasidan  muzokaralar olib borishdi.

Shundan so‘ng, “HILTON” mehmonxonasida “Yangi O‘zbekistonda – Paralimpiya harakatini rivojlantirish” mavzusida kengaytirilgan konferentsiya o‘tkazildi. Unda Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari,  O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov,  O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muhtorxon Tashxodjaev, hamkor tashkilotlar, paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Aziz Abduhakimov so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan sportga, xususan Paralimpiya sportiga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik haqida gapirib, para atletlarimiz erishayotgan yuqori natijalar ushbu yuksak e’tiborning yaqqol isboti ekanini alohida ta’kidladi. Endryu Parsons esa yurtimizga kelgan ilk kunidan boshlab yurtimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa zamonaviy sport arenalari va sportchilarga yaratilgan sharoitlar o‘zida iliq taassurot qoldirgani haqida gapirib, O‘zbekistonda Paralimpiya harakatiga davlat miqyosida e’tibor qaratilayotgani yaqin kelajakda albatta o‘z natajasini ko‘rsatishini aytdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidentining mamlakatimizga tashrifi davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!